Yevropa Ittifoqida xavfli mahsulotlar ro‘yxati tuzildi, bu ro‘yxatga spinner ham kiritildi, deb ma’lum qilmoqda Kun nashri. Bu haqda Yevropaning shubhali mahsulotlar haqida tezkor ogohlantirish tizimi tomondan e’lon qilingan 2017 yil uchun hisobotda aytilgan.
Hisobotda aytilishicha, spinnerlar, ayniqsa chiroqlari bor modellari bolalarga ziyon yetkazishi mumkin. Bu spinnerlarda qo‘llanuvchi tugma shaklidagi batareyaning bola tomonidan yutib yuborilishi ichak va qizilo‘ngachda kuyish jarohatlariga olib kelishi mumkin. Shuningdek, spinnerlarning oson ajraluvchi mayda qismlari ham xavflidir.
Mutaxassislarning qayd qilishicha, ushbu qurilmalarni vaqti-vaqti bilan buzilishlari bor-yo‘qligiga tekshirib turish, kichik bolalar esa bu o‘yinchoqlarni kattalar nazorati ostida o‘ynashlari lozim. Shuningdek, mutaxassislar spinnerlarni duch kelgan joydan sotib olmaslikni va ularni xarid qilishda o‘tkir kimyoviy hid va shovqin chiqarishiga e’tibor qaratishlari lozim. Sifatli spinnerlar shovqin chiqarmasdan ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?