Mashhur rusiyzabon insayder Veniamin Geskin o‘zining Twitter'dagi sahifasida Apple kompaniyasi iPhone X smartfonlari qatorini tillarang qurilma bilan kengaytirishga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qildi.
"Brush Gold rangidagi iPhone ishlab chiqarishda", - deb yozadi u.
Gaskin Brush Gold rangidagi SIM-karta lotkasi suratini yuklab, vendor yangi rangdagi iPhone X'ni ishlab chiqarayotganiga ishora qildi. Ta’kidlash joizki, bunday rangdagi smartfonning 3D-tasvirlari flagman relizidan bir necha oy oldin paydo bo‘lgandi. Biroq Apple iPhone X'ni ikki rangda taqdim etdi — kumushrang va "kulrang kosmos".
iPhone X bilan bir vaqtda namoyish etilgan iPhone 8 tillarang versiyada ham taqdim etilgan edi. Shuningdek manbada aytilishicha, Apple kompaniyasi RED aksiyasi doirasida o‘zining so‘nggi qurilmasini qizil rangda taqdim etishi ham ehtimoldan xoli emas. Tillarang ayfon yaqin orada paydo bo‘lishi kutilmoqda, zero bunday rangdagi smartfonlar Osiyo bozorlarida juda mashhur.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?