23:01 / 20.03.2018
4 594

«Samsung Galaxy S9» ni sindirish juda oson (video)

«Samsung Galaxy S9» ni sindirish juda oson (video)
«Samsung Galaxy S9» telefoni zarbaga chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazildi. Ular juda nozik ekan.

«Square Trade» kanali blogerlari «Samsung Galaxy S9» va «Samsung Galaxy S9+» telefonlarini zarbaga chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazishdi. Natija qoniqarli emas: qurilmalar deyarli barcha sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, deb yozadi Xabar nashri.

Smartfonlar mustahkamlik borasida to‘rtta sinovdan o‘tishdi: telefon korpusining zarbaga chidamliligi, ekranning zarbaga chidamliligi, harakatdagi aylana baraban ichidagi zarbaga chidamliligi va nihoyat oxirgisi telefonning egiluvchanligi bo‘yicha sinov. Natijada smartfonlar avvalgi uchta sinovning barchasida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, faqatgina so‘nggisidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur smartfonlarning egiluvchanligi «amoled» ekrani tufaylidir. Orqa paneldagi shisha ham egiluvchanlik xususiyatiga ega.

«Samsung» kompaniyasi «Galaxy S6»dan boshlab barcha smartfonlarni «Gorilla Glass» shisha qopqog‘i bilan chiqarmoqda. Avvalroq kompaniya o‘z foydalanuvchilarini korpusning mustahkamligiga ishontirayotgan edi. Ko‘rinib turibdiki, u maqtalganchalik mustahkam emas, qo‘ldan tushib ketganda ham sinib qolishi mumkin.

Bundan tashqari, qurilmani ta’mirlash juda qiyin. Gadjetlarning ta’miri bilan shug‘ullanadigan «iFixit» kompaniyasi xodimlari shunday xulosaga kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Samsung Galaxy S9» ni sindirish juda oson (video)