23:30 / 24.03.2018
4 744

“Apple” 2020 yilda egiluvchan “iPhone” taqdim etadi

“Apple” 2020 yilda egiluvchan “iPhone” taqdim etadi
Odatda egiluvchan smartfonlar deganda ko‘pchilikning xayoliga “Samsung” kompaniyasining mahsulotlariga keladi, biroq “Apple” ham egiluvchan smartfonlar ustida faol ish olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2020 yilda o‘zining birinchi egiluvchan “iPhone”ni taqdim etadi, deb yozadi “Xabar” nashri.

Amerika investitsiya kompaniyasi tahlilchilaridan birining aytishicha, u “Apple”ga ehtiyot qismlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan osiyolik tanishidan yangi smartfon qachon taqdim etilishi mumkinligini bilib olgan. “Apple” ekrani egiluvchan smartfon hamda o‘z displeyi maydonini ikki barobarga oshirib, planshetga aylana oladigan smartfonni yaratish ustida ish olib bormoqda.

Ko‘rinishidan, gap ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kitob yoki vertikal shaklda yig‘iluvchi qurilma haqida ketmoqda. 2017 yilning oxirida “Apple” shu turdagi egiluvchan smartfonga patent ham olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Apple” kompaniyasi smartfon ekranlarini yaratishda “LG” bilan hamkorlik qiladi. Mazkur kompaniya avvalroq egiluvchan ekranni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Apple” 2020 yilda egiluvchan “iPhone” taqdim etadi