16:38 / 29.03.2018
4 914

Durov Telegram'dagi nosozlikka izoh berdi

Дуров Telegram'даги носозликка изоҳ берди
Telegram’ning tvitterdagi sahifasida messenjer ishidagi nosozlik haqidagi ma’lumotlarga izoh berildi.

«Ayni damda bizning Yevropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlaridagi foydalanuvchilarimiz ulanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishyapti. Biz bu muammoni o‘rganib chiqmoqdamiz hamda tez orada uni bartaraf etishga umid qilmoqdamiz», - deyiladi xabarda.

Telegram asoschisi Pavel Durovning tushuntirishicha, messenjer ishidagi nosozlik Yevropada serverlar klasterida ta’minot uzib qo‘yilgani tufayli yuz berdi. Bu haqda tvitterdagi sahifasida yozgan.

«@telegram serverlari klasterida ta’minotning o‘chirib qo‘yilishi Yevropada muammolarga olib keldi. Biz buni to‘g‘irlash ustida ishlamoqdamiz, biroq ko‘p narsa ma’lumotlarni qayta ishlash markazi provayderi energetik uskunani soz holatga keltirishiga bog‘liqdir», - deya ma’lum qildi Durov.

Avvalroq MDH va Yevropa mamlakatlarida Telegram ishlamay qolgani xabar berilgandi. Ayni vaqtda O‘rta Osiyodan tashqari, Rossiya, Ukraina va Belarus kabi MDHning boshqa mamlakatlarida, shuningdek, Yaqin Sharq va Yevropaning ayrim davlatlarida, AQShning Kaliforniya shtatida ushbu messenjerdan foydalanib bo‘lmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Durov Telegram'dagi nosozlikka izoh berdi