5 489
Sukerberg: “Rossiyaning “trollar fabrikasi” ishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga qarshi qaratilgan edi”
Facebook asoschisi Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi Rossiyaning “trollar fabrikasi” sifatida mashhur bo‘lgan “Internet tadqiqotlar agentligi” (Internet Research Agency, IRA) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 270 dan ortiq sahifa va akkauntlarni aniqlab, bloklab qo‘yganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.
Sukerberg ushbu akkaunt va sahifalar o‘z kontenti uchun emas, balki IRA tomonidan nazorat qilingani sababli yopib qo‘yilganini aytdi.
“Bloklab qo‘yilgan akkaunt va sahifalar Rossiyada yashaydigan odamlarga, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi qo‘shni mamlakatlardagi rus tilida so‘zlashuvchilarga ham qaratilgan edi”, — dedi Sukerberg.
Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, IRA aldov yo‘li bilan faoliyat yuritib, AQSH, Yevropa va Rossiyadagi odamlarni manipulyatsiya qilishga intilgan. “Biz ularni Facebook’da boshqa ko‘rishni istamaymiz”, — dedi Sukerberg.
Nashr eslatishicha, shu yilning fevralida AQSH hukumati Rossiyaning 13 fuqarosiga va uchta tashkilotiga 2016 yilgi saylovoldi kampaniyaning borishiga aralashishga urinish bo‘yicha rasmiy ayblov ilgari surdi. AQSHga qarshi til biriktirishda ayblanayotganlar orasida “Internet tadqiqotlar agentligi”ning 12 nafar xodimi bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”