Filippinning Meyep kompaniyasi kuzov panellari bambukdan ishlangan Green Falcon elektromototsiklini yaratdi. Bu kabi konstruksiyaning og‘irligi atiga 6,5 kilogramm bo‘lib, firma rahbari Kristofer Peres Larsenning so‘zlariga ko‘ra, u “stekloplastik”dan ancha kichik ko‘rinishga ega. Bu haqda “Motor”ga tayanib, “Daryo” xabar berdi.
Mototsikl Bamboo Extreme davlat dasturi uchun ishlab chiqarilgan, unda ishtirokchilar bambuk poyalaridan innovatsion g‘oyani taqdim etishlari kerak bo‘lgan. 2020 yilga borib Filippin hukumati 10 million gektar yerga bambuk ekishni rejalashtirmoqda.
Green Falcon uchun ikki qatlamli maxsus bambuk “kosa” yaratilgan, u epoksid yelim bilan mustahkamlangan — bu kabi holatda u po‘latdan ham mustahkam bo‘ladi. Uning ostida elektromotor va batareyalar bloki o‘rin olgan, hozircha ularning texnik tavsifi ma’lum qilinmadi. Mototsikl shahar sharoitida foydalanish uchun ishlab chiqarilgani sabab, uning maksimal tezligi soatiga 97 kilometrni tashkil etadi. Bir marta quvvatlanish orqali 50 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin