Apple’ning bozordagi qiymati 931 mlrd dollarga yetdi

Bloomberg nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 4 may kuni Apple aksiyalari narxi Uorren Baffet tuzilmalari tomonidan kompaniyaning yana 75 mln aksiyalari sotib olingach tarixiy maksimumga yetdi.
Nasdaq birjasida Apple aksiyasi $183,49 turgan – bu savdolar ochilishidagidan 3,7%ga ko‘proq. Natijada kompaniyaning bozordagi qiymati $931 mlrd.ga yetdi.
Avvalroq Apple hisobotini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, uning aksiyalari narxi yil boshidan beri 8%ga o‘sdi. Agentlik taxminiga ko‘ra, Baffet kelishuvga 14 mlrd dollar sarflagan.
Kelishuv natijasida Baffetning kompaniyasi Apple’ning kattalik bo‘yicha uchinchi sarmoyadoriga aylandi.
Manba: Kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Nasdaq birjasida Apple aksiyasi $183,49 turgan – bu savdolar ochilishidagidan 3,7%ga ko‘proq. Natijada kompaniyaning bozordagi qiymati $931 mlrd.ga yetdi.
Avvalroq Apple hisobotini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, uning aksiyalari narxi yil boshidan beri 8%ga o‘sdi. Agentlik taxminiga ko‘ra, Baffet kelishuvga 14 mlrd dollar sarflagan.
Kelishuv natijasida Baffetning kompaniyasi Apple’ning kattalik bo‘yicha uchinchi sarmoyadoriga aylandi.
Manba: Kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…