«Strategy Analytics» tadqiqot kompaniyasi smartfonlar bozorining 2018 yil birinchi choragi hisob-kitoblarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini «iPhone X» egallagan bo‘lsa, qolgan uchta o‘rinlar ham «Apple» smartfonlariga tegishli. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Xabar.uz» xabar berdi.
«Strategy Analytics» ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida butun dunyo bo‘ylab 16 million dona «iPhone X» yetkazib berilgan. Keyingi uchta o‘rinlarni «iPhone 8» (12,5 million), «iPhone 8 Plus» (8,3 million) va «iPhone 7» (5,6 million) egallagan.
Ta’kidlash kerakki, bunda gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlar haqida emas, balki do‘konlar va omborlarga yetkazib berilgan mahsulotlar haqida ketmoqda.
«Samsung Galaxy S9» va «S9 Plus» flagmanlari mart oyi o‘rtalaridagina sotuvga chiqqanini ham unutmaslik kerak. Atiga bir yarim oy sotuvga bo‘lgan smartfon reytingning oltinchi pog‘onasini band etgan. Beshinchi o‘rinni esa «Xiaomi Redmi 5A» egalladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi