Keyingi paytlarda butun dunyo bo‘ylab kriptovalyuta turlari keng tarqalayotganidan xabaringiz bor. Jumladan, Telegram kompaniyasi ham o‘zining kripto-pulini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Terbayt.uz sayti manbalarga tayanib yozishicha, endi Facebook kompaniyasi ham o‘z kriptovalyutasini yaratishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniya bu yo‘nalishni bir yilcha avval o‘rgana boshlagandi, bugungi kunga kelib esa mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi jamoani ham shakllantirgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘ndan ortiq mutaxassisni jamlagan ushbu jamoa blokcheyn texnologiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda. Unga Messenger ilovasi uchun mas’ul bo‘lgan vitse-prezident Devid Markus rahbarlik qilayotir.
Kriptovalyutani Facebook ijtimoiy tarmog‘i ichidagi to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llash uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bunda Telegram’dagi singari ICO o‘tkazish (ya’ni, cheklangan miqdordagi tokenlarni ommaviy sotuvga chiqarish) ko‘zda tutilmagan.
Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Facebook o‘z kriptovalyutasini yo‘lga qo‘yishi uchun ham bir necha yil muddat kerak bo‘lishi mumkin. Ehtimol, buning uchun u blokcheyn bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni xarid qilishiga ham to‘g‘ri kelar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi