
Foto: «Hi-tech.mail.ru»
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning birinchi choragida taqdim etilajak «Samsung Galaxy S10» flagmani kompaniyaning barmoq izi skaneri ekran ostiga joylashtirilgan ilk smartfoniga aylanadi, deb ma’lum qiladi «Xabar» nashri.
Shuningdek, «Galaxy S10»ga uchtalik kamera ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Taxminlarga ko‘ra, uchtalik kameraga ega flagman «iPhone X Plus»ga raqobatchi bo‘ladi. Bundan tashqari yangi flagmanlarning narxlari «iPhone X» avlodidan ancha qimmat bo‘lishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya nashrlaridan birining yozishicha, «Galaxy Note 9» smartfonining taqdimoti ikki haftaga, avgust oyining boshlariga qadar kechiktirilgan.
Taqdimotning kechiktirilishiga «Samsung» muhandislariga «Galaxy Note 9» displeyi qalinligini 0,5 millimetrga qisqaritirish topshirilgani sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar