4 884
Yetakchi xorijiy kompaniyalar Toshkentdagi halqa metro yo‘li uchun poyezdlar yetkazib berishga tayyor
Foto: «Podrobno.uz»
Yetakchi xorijiy kompaniyalar Toshkentda qurilayotgan halqa metro yo‘li uchun o‘z poyezdlarini yetkazib berishga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi «Daryo».
«Hozir maxsus ishchi guruh halqa metro yo‘li uchun poyezdlar bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqmoqda. Bu masalada yetakchi chet el kompaniyalari katta qiziqish bildirmoqda. Parallel tarzda yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha Toshkent zavodida mahalliy poyezdlarni yaratish ishlari bormoqda. Biz, albatta, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni afzal ko‘ramiz. Biroq mahalliy zavod xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan qo‘shma tarzda poyezdlar qurishi bilan bog‘liq variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Boshqa bir qator takliflar ham bor», — dedi «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Kamolov.
Metro halqa yo‘lining jami uzunligi 51,1 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlarning o‘rtacha harakat tezligi 60 kilometrga yetadi, halqa bo‘ylab yo‘lni bosib o‘tish vaqti 1 soat-u 10 daqiqa etib belgilangan.
Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining «Do‘stlik» bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik u «Olmazor», «Beruniy», «Bodomzor» hamda «Tuzel» bekatlari orqali yana «Do‘stlik» bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro halqasini tashkil etadi. Mazkur metro yo‘li Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi