
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning imzosi qo‘yilgan, quyosh energiyasi bilan harakatlanuvchi poyga mashinasi Sochi formulasi yo‘lagida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda «Haber7»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Putin shu yil aprel oyida mashina haqida ma’lumot olib, uning kapotiga imzo chekkan edi. Ustiga 4 m2 quyosh batareyalari o‘rnatilgan mashina soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Mashina korpusi harbiy texnikalarda qo‘llanadigan metaldan tayyorlangan.
Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan mashina shu yil 14–22 iyul kunlari AQShning 4 ta shtatida o‘tkaziladigan quyosh energiyasidan quvvat olib harakatlanadigan mashinalar poygasida qatnashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar