
“Telegram” messenjeri ko‘pdan beri kutilgan yangilanishlarni chiqardi, endi, masalan, audio va videoxabarlarni ikki baravar tezroq eshitish va ko‘rish mumkin. Bu haqda “Life.ru” saytiga asoslanib “Xabar.uz” ma’lum qiladi.
Yangiliklardan biri shuki, endi foydalanuvchilar o‘qilgan va o‘qilmagan chatlarni belgilay olishadi. Yana bir yangi funksiya esa jo‘natilgan foto va videolarni tahir qilish imkonini beradi. Formatlash menyusida esa xabar matniga “havola qo‘shish” yorlig‘i paydo bo‘ldi.
“Android”lar uchun hali yetkazilmagan xabarlarni o‘chirish va xabarlar prevyusini (oldindan ko‘rish) ochish funksiyasi kiritildi: buning uchun umumiy ro‘yxatdagi foydalanuvchi avatari barmoq bosib turiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar