
Britaniya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, mamlakat hukumati ichki yonuv dvigatelli avtomobillarning batamom bahridan o‘tish uchun qonunchilik hujjati tayyorlamoqda. An’anaviy motorlardan qadamma qadam voz kechiladi va 2040 yilda ular butunlay qolmaydi.
Xo‘sh, ichki yonuv dvigateli bo‘lgan gibrid mashinalar-chi? Ularning taqdiri nima bo‘ladi? Jurnalistlar shu savolni berganda bosh vazir Tereza Mey “bunday mashinalar haqida gap bormayapti”, deya dudmal javob berdi.
Buyuk Britaniya hukumati aholini elektromobil va boshqa “yashil” transportga o‘rgatishning barcha imkoniyatlarini qarab chiqmoqda. Aniqrog‘i soliq imtiyozlari va kredit takliflari bilan xaridorlar elektromobilga qiziqtirilishi mumkin.
Tumanli Albionda elektromobil faqatgina to‘kislik va moda belgisi emas, iqtisodiy jihatdan afzalroqdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar