00:15 / 10.07.2018
6 300

Bulung‘urlik yosh ixtirochi ekish mashinasini yaratdi (video)

Bulung‘urlik yosh ixtirochi ekish mashinasini yaratdi (video)
“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda Respubilikamizning har bir hududidan iste’dodli yoshlar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan qatnashdilar.

Ana shunday ishtirokchilardan biri Bulung‘ur maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nurmuhammad Fayzullayevdir. U dukkakli ekinliklar ekishga mo‘ljallangan, yoqilg‘i ishlatilmaydigan yangi uskuna yaratdi.

– Ushbu uskuna makkajo‘xori va loviya urug‘larini ekishga mo‘ljallangan, – deydi N. Fayzullayev. – Endi bu moslamani soya ekishga ham moslashtirmoqchimiz, Bu uskunadan ilk bor aprel oyida foydalanganmiz va uning hosilini yig‘ib bozorga olib chiqib sotyapmiz. Yana bir afzallik jihati shundaki, agar qo‘l mehnatidan foydalangan holda urug‘larni ekadigan bo‘lsak, bir kunda 8-10 sotixga ekin ekish mumkin, ushbu moslama orqali esa bir kunda 45-50 sotix yerga urug‘ ekish mumkin. Yana bir e’tiborli jihati, bu moslamani yaratish uchun bor yo‘g‘i 753 ming so‘m xarajat qilindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bulung‘urlik yosh ixtirochi ekish mashinasini yaratdi (video)