
Foto: «Podrobno.uz»
O‘zbekiston o‘tgan yili Ukrainadan o‘qotar qurollar turkumini xarid qildi. Bu haqda Ukraina qurol-aslahasi eksporti nazorati bo‘yicha davlat xizmatining 2017 yil yakunlari bo‘yicha hisobotida bildirilgan, deya xabar beradi «Daryo».
«2017 yili Ukraina AQSh, O‘zbekiston, Iordaniya, Mug‘uliston va Turkiyaga 17 mingdan ortiq o‘qotar qurol, shuningdek, 800 dan oshiq yengil qurol-aslaha yetkazib berdi», — deyiladi hisobotda.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘tgan yili 2000 ta avtomat va to‘pponcha-pulemyot yetkazib berilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili AQSh Ukraina qurol-aslahasining asosiy xaridoriga aylandi: Kiyev Vashingtonga 15040 avtomat va to‘pponcha-pulemyot, 790 ta vintovka va granatomyot sotdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar