06:00 / 25.08.2018
5 622

Dunyodagi eng toza suv olindi

Dunyodagi eng toza suv olindi
Foto: «Lyd.org»
Avstriyalik fiziklar dunyoda birinchi bo‘lib mutlaq toza suv olishga erishishdi, deb xabar bermoqda «Terrnews.com». Sinov to‘liq vakuum sharoitida metall igna uchida mikrosumalak o‘stirish hisobiga muvafaqiyatli amalga oshdi.

Venalik olimlarni shu paytgacha hech qanaqa qo‘shimchalarsiz suv namunasini olish masalasi qiziqtirib kelayotgandi. Hatto eng toza havo bilan ham salgina bo‘lsa-da aloqada bo‘lgan suv bilan bu ishni amalga oshirib bo‘lmasdi.

Chunki sayyoramizning istalgan nuqtasida olingan kislorod, hatto u maxsus sharoitda tozalangan bo‘lsa ham, turli-tuman moddalardan xoli emas, bular inson uchun bezarar, ammo suv bilan tajribalar o‘tkazishda kimyoviy jarayonlarga ta’sirini o‘tkazadi.

Suv namunasini havodan butunlay ihotalash maqsadida fiziklar maxsus vakuum kamerasida mikrosumalaklar yetishtirishni o‘ylab topishdi. U yerga avvaliga ingichga metall igna joylashtirishdi, kamerani eng past haroratgacha tushirishdi, keyin esa isitishdi. Natijada ignaning uchida hosil bo‘lgan sumalak suv tomchisiga aylanib, titan plastina dioksidiga oqib tushdi.

Shu bir qatra suv tahlili o‘rganilganda u o‘ta toza, har qanday qo‘shimcha va boshqa moddalardan xoli ekani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi eng toza suv olindi