Mazkur qurilmani yaratgan inson uni shaharlararo parvozlarni amalga oshirishda qoʻllamoqchi.
Buyuk Britaniyada havoga vertikal koʻtarilish va yerga qoʻnish imkoniyatiga ega ilk elektr taksi prototipi sinovi namoyish etildi, deb yozadi “Xalq soʻzi”.
The Times xabariga koʻra, mazkur loyiha ustida Vertical Aerospace kompaniyasi ish olib borgan. Ushbu koʻrinishdagi mashinaga eVTOL (electric vertical take-off and landing — elektrik vertikal koʻtarilish va qoʻnish) nomi berildi.
Maʼlum qilinishicha, uchar taksilar yaqin vaqt ichida ishlab chiqariladi hamda kelgusi toʻrt yil orasida sotuvga chiqariladi.
Buning uchun parvozlar xavfsizligiga javobgar organlardan maxsus ruxsat olish kifoya. Undan bugungi kunda amalda boʻlgan parvoz qoidalari asosida foydalaniladi.
Innovatsion transport vositasi toʻrt nafar yoʻlovchini oʻz manziliga yetkazib qoʻyish imkoniga ega boʻlsa, tezligini soatiga 186 milga(qariyb 300 km./soat) chiqara oladi.
Unga oʻrnatilgan toʻrtta vertikal vint yordamida 150 km. masofani bosib oʻtish mumkin. Uzoq istiqbolda uning 800 km. masofagacha uchib bora oladigan takomillashtirilgan variantini yaratish ham rejalashtirilgan.
Quyidagi havolada taksi prototipining debyut sinovini tomosha qilish mumkin:
Bir necha nafar kishi apparatni Kotsuold aeroporti angaridan olib chiqyapti. Shundan soʻng masofadan boshqarish orqali elektrotaksi bir necha metr balandlikka koʻtarilib, belgilangan manzilga qoʻnmoqda.
Maʼlumot uchun, Vertical Aerospace kompaniyasiga britan ishbilarmoni Stiven Fispatrik tomonidan 2016 yilda asos solingan. U uchar taksilar shaharlararo qatnovlar uchun juda qulay boʻlishini taʼkidlab keladi.
“Agar eʼtibor bersangiz, Londondan eng koʻp Parij, Dublin, Edinburgga reyslar amalga oshiriladi. Ushbu shaharlarga uchish-qoʻnish yoʻlaklarisiz yetib olish imkoniyati esa Xitrou aeroportini kengaytirish zaruriyatini kamaytiradi”, - deydi u.
Tadbirkorning aytishicha, taksi yengil kompozit materialdan tayyorlanadi va bu oʻz-oʻzidan uning tannarxini vertolyotlarga qaraganda ancha arzonlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»