22:23 / 19.09.2018
5 712

Oʻzbekistonda UzCard monopoliyasiga barham berilmoqda

Oʻzbekistonda UzCard monopoliyasiga barham berilmoqda
Oʻzbekistonda Milliy banklararo protsessing markazi tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy toʻlov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 19 sentyabr kuni imzolagan Farmonida koʻrsatib oʻtilgan.

Hujjatga koʻra, markaz toʻlovlar davomiyligini taʼminlash, sohaga innovatsion mahsulotlarni jalb etish, mavjud bank xizmatlari va toʻlov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kunga qadar Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) mavjud boʻlib, uning toʻlov tizimi sifatida UzCard faoliyat yuritib kelgan.

15 sentyabr kuni tizimda kuzatilgan nosozlik tufayli Oʻzbekistonda plastik kartalar orqali toʻlovlar amalga oshirish imkoniyati yoʻqolib qolgandi. Kompaniya texnik nosozliklar POS, E-POS terminallari va ATM-qurilmalari protsessing markazi bilan ulana olmayotgani sabab yuz berganini maʼlum qilgandi. Tizim qayta ishlab ketishi uchun qariyb ikki sutka vaqt talab qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Oʻzbekistonda UzCard monopoliyasiga barham berilmoqda