Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Terrafugia kompaniyasi oʻzining Transition deb nomlangan uchar avtomobiliga buyurtma qabul qilishni boshlaydi. Ular 2019 yildan sotuvga chiqarilishi aytilmoqda. Terrafugia, shuningdek, uchar avtomobillarini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish uchun Nyu-Gempshirdagi Nashua aeroportining bir qismini ijaraga ham olgan. Ayni damda Transition hali sertifikatlashtirilmagan. Bu haqda The Timesʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Transition oʻzida ikki oʻrindiq va yigʻiluvchi qanotlarni mujassamlashtirgan. Unga yoqilgʻi qoʻysa ham boʻladi, elektr bilan quvvatlantirsa ham. Transitionʻning uchish va qoʻnishi uchun yoʻlak zarur boʻladi. Bu uni vertikal uchuvchi apparatlarga nisbatan imkoniyatini cheklaydi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, uning tezligi soatiga 160 km.ni tashkil etadi. Avtomobil bir quvvatlanganda 640 km masofani bosib oʻtishi mumkin.
Transitionʻning narxi haqida aniq gaplar aytilmagan, ammo gazeta maʼlumotlariga koʻra, uning narxi 300 ming dollar etib belgilanishi mumkin. Ayni damda kompaniya uchar avtomobilning dasturiy taʼminoti bilan shugʻullanmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: Terrafugia kompaniyasi 2006 yilda tashkil topgan. Oʻtgan yilning noyabr oyida uni Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish Geely Automobileʻga qarashli boʻlgan Geely Holding korporatsiyasi sotib oldi. Ayni damda kompaniyada 200 nafar atrofida muhandis mehnat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»