
Internetda Rossiyaning yangi “kelajak vertolyoti”ning ilk suratlari e’lon qilindi. Ushbu vertolyot “Kamov” konstruktorlik byurosi tomonidan loyihalanmoqda.

Foto: facebook.com/Scramblemagazine
Suratlar Airbase forumida paydo bo‘lgan va vertolyot yetarlicha yuqori baho olgan.
Scramble Magazine nashrining konstruktor Sergey Mixeyevga iqtibos keltirgan holda ma’lum qilishicha, parraklari “Kamov” mahsulotlari uchun an’anaviy tarzda – ustma-ust joylashadigan vertolyot stels-texnologiya qo‘llangan holda loyihalanmoqda, unda yig‘iluvchi shassi va ichki bo‘linmalarda joylashadigan qurol bo‘ladi.
Vertolyot yangi dvigatellar va “o‘rdak” aerodinamik sxemasi bo‘yicha bajarilgan qanotlar oladi. Ekipaj a’zolari Ka-52 “Alligator” vertolyotidagi kabi ikki o‘rindiqli kabinada oldinma-ketin o‘tiradi. Ta’kidlanishicha, vertolyot 700 km/soat tezlik bilan ucha oladi. Mashinaning harbiy versiyasidan tashqari yo‘lovchi modifikatsiyasi ham taqdim qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar