
Foto: «Twitter»
«Twitter» mikrobloglar servisi ma’muriyati «Layk» tugmasini olib tashlamoqchi deb yozadi «The Telegraph» nashriga tayanib "Xabar.uz".
Nashrning yozishicha, o‘tgan haftada «Twitter» asoschisi Jek Dorsi tadbirlarning birida servisdagi yurakcha shaklidagi tugma o‘ziga yoqmasligini bildirgan va yaqin vaqt ichida undan voz kechilishi mumkin.
«Twitter» rasmiy blogi nashrga tezda javob qaytardi. Aytilishicha, «servisda foydalanuvchilarni sog‘lom suhbatga tortish uchun barcha narsa qayta ko‘rib chiqiladi, jumladan, «Layk» tugmasi ham. Biroq bu ish hali boshlang‘ich bosqichda, shuning uchun ham kompaniya hozircha ma’lumot bera olmaydi».
Eslatib o‘tamiz, «Layk» tugmasi «Twitter»da 2015 yili joriy etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘zlariga yoqqan tvitlarni qo‘shish vazifasini bajaruvchi «Tanlanganlar» funksiyasining o‘rnini egallagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar