Hozirda BlackBerry smartfonlari bilan shug‘ullanayotgan Xitoyning TCL Communication kompaniyasi yangi BlackBerry KEY2 LE smartfoni uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu iyun oyida namoyish etilgan BlackBerry KEY2 smartfonining soddalashtirilgan va arzonroq versiyasidir.
Android 8.1 Oreo operatsiyasi tizimi ostida ishlaydigan BlackBerry KEY2 LE smartfonining bir SIM-kartali, xotirasi 32 gigabaytga teng bo‘lgan versiyasi 399 yevrodan taklif qilinmoqda. Ikki SIM-kartali 64 gigabaytlik versiyasi narxi 429 dollar.
BlackBerry KEY2 LE smartfoni QWERTY-klaviaturasi qurilmaning o‘ziga o‘rnatilgan form-faktor monoblok ko‘rinishida chiqarilgan. Orqa panelida qo‘shkamera mavjud, barmoq izi skaneri esa space (probel) tugmasiga integratsiya qilingan.
Smartfonga tasvir aniqligi 1620x1080 piksel bo‘lgan 4,5 dyuymlik sensor displey, 13+5 megapiksellik asosiy kamera va 8 megapiksellik frontal kamera o‘rnatilgan.
Qurilma Qualcomm Spandragon 636 protsessorida ishlaydi, operativ xotirasi 4 gigabayt va flesh-xotirasi 32 yoki 64 gigabayt bo‘lib farqlanadi. Akkumulyatori sig‘imi 3000 mAs. O‘lchamlari 150,25 x 71,8 x 8,35 mm, og‘irligi — 156 gr.
Qurilma ikkita SIM-kartani (qimmatroq versiyasi), 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5 LE, GPS, NFC texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, FM-radiosi, USB Type-C porti va quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tuynugi bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?