"Samsung" kompaniyasi dasturchilar uchun mo‘ljallangan anjumanda o‘zining egiluvchan displeyli bukiladigan smartfonini namoyish etgan edi, biroq qurilma bilan bog‘liq tafsilotlar batafsil aytilmagandi. Shunga qaramay, ushbu qiziqarli smartfon haqidagi ma’lumotlar turli manbalardan chiqib kelmoqda.
Koreya nashrlaridan birining yozishicha, "Samsung" ushbu smartfondan dastavval mln dona chiqarmoqchi. Kompaniya qurilma ustida cheksiz davrda ishlamoqchi emas, aksincha, uni bozorga ommaviy tarzda chiqarib, talabni o‘rganmoqchi. O‘z navbatida, mln dona smartfon 2019 yil boshigacha tayyor bo‘lib ulgurmaydi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon ikkita displeyga ega – buklov ochilganda egiluvchan "Infinity Flex" deb nomlangan OLED-ekran (7,3 dyuym, tasvir aniqligi – 1536 x 2152 piksel) ko‘rinsa, buklab qo‘yilganida old tomonida qo‘shimcha ekran (4,58 dyuym, tasvir aniqligi 840 x 1960 piksel) ishlab turadi.
Koreyaning o‘zida ushbu qurilma operatorlarning subsidiyalari hisobga olinmaganida, 2 mln vondan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Bu taxminan 1770 dollar yoki 14,6 mln so‘m demakdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”