04:14 / 14.11.2018
4 423

Samsung Galaxy Note 10 tarixdagi eng katta smartfon bo‘ladi

Samsung Galaxy Note 10 tarixdagi eng katta smartfon bo‘ladi
Taqdimotga tayyorlanayotgan Samsung Galaxy Note 10 smartfoni kompaniya tarixidagi eng katta fablet bo‘ladi. Bu haqda Janubiy Koreyadagi manbalarga asoslanib, iGeekPhone ixtisoslashgan nashri xabar berdi.

Dastlabk ma’lumotlarga ko‘ra, shartli nomi DaVinci bo‘lgan Samsung Galaxy Note 10 smartfoni o‘zidan avvalgi qurilmalarga nisbatan sezilarli kattaroq displeyga ega bo‘ladi. Ekran o‘lchami iPhone XS Max’nikidan oshib ketib, diagonaliga 6,66 dyuymga yetishi mumkin.

Shuningdek, smartfonga Snapdragon 8150 top-protsessori o‘rnatilishi ham aytilmoqda. Qualcomm kompaniyasi ushbu 7 nanometrli yangi chipni rasman namoyish etganicha yo‘q. Shunda Samsung Galaxy Note 10 smartfonining eng arzon versiyasi 1077 dollar atrofida sotuvga chiqarilishi mumkin.

Samsung Galaxy Note 10 smartfonining rasmiy debyuti 2019 yil kuzida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Note 10 tarixdagi eng katta smartfon bo‘ladi