Joriy yilning 24 noyabr kuni mamlakatimizda ilk bor “DevFest” – Google Developers Group (GDG) dasturchilar xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Festival Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va Xalq ta’limi vazirliklari, BMT TDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkentdagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, festival "DevFest Google Developers Group" tomonidan "Google" kompaniyasi ko‘magida butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan global tadbirdir. Joriy yilda tadbir doirasida Google kompaniyasining so‘nggi texnologiya va ishlanmalari namoyish etiladi. Xususan, ishtirokchilar mobil ilovalar yaratish masalalari, biznesda virtual, to‘ldirilgan va aralash voqeliklar texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.
Shuning uchun tadbir nafaqat dasturchi va IT-mutaxassislari, balki zamonaviy texnologiyalarga befarq bo‘lmagan barcha yosh avlod vakillari uchun ham qiziqarli bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Global Janub kimniki?
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik