"Counterpoint" tahlil kompaniyasi Xitoy smartfonlar bozorining uchinchi chorak yakunlarini sarhisob qildi. Smartfonlar sotish reytingida birinchi o‘ringa "Vivo" kompaniyasi chiqdi.
Kompaniya uchinchi chorak davomida 21,6 mln dona smartfon yetkazib bergan. Uning Xitoy bozoridagi ulushi 19,9 foizga yetdi (bu boradagi o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 2 foizni tashkil etdi).
21,4 mln dona smartfon sotgan "Oppo" kompaniyasining bozordagi ulushi 19,7 foizni tashkil etdi. Kompaniyaning sotuvlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga qisqardi.
Uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalarni "Huawei" va uning "Honor" brendi egallagan – "Huawei" brendi ostida 15,7 mln dona (bozordagi ulush – 14,5 foiz), "Honor" brendi ostida esa 13,3 mln dona (12,2 foiz) smartfon sotgan. Kompaniyalarning savdo hajmi 14 foizga oshgan.
"Xiaomi" 13 mln dona qurilma sotib (bozordagi ulushi 12 foizni tashkil etgan) beshinchi, "Apple" esa 8,4 mln dona qurilma sotib (ulushi – 7,7) oltinchi bo‘ldi. Bu kompaniyalarning savdo hajmi mos ravishda 15 va 17 foizga pasaygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?