LG egiluvchan smartfonning noodatiy versiyasini namoyish etdi

"LG Electronics" kompaniyasi Janubiy Koreya intellektual mulk idorasidan buklanadigan yangi smartfon uchun patent oldi.
Ishlanma katta egiluvchan displeydan iborat bo‘lib, u smartfonning uch tomonini o‘rab, korpusni to‘liq egallaydi. Ochiq holatida esa smartfon katta bir planshetga aylanib qoladi. Yig‘ilgan holatida esa ekran magnitlar bilan qotirib qo‘yiladi.
Avvalroq sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, LG smartfonining egiluvchan displeyli varianti "Flex", "Foldi" yoki "Duplex" nomini olishi mumkin. Kompaniya bunday smartfon ustida bir necha yildan beri ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda vaziyatdan boxabar manbalarning ta’kidlashicha, LG bu yo‘nalishda birinchi qurilma chiqargan kompaniya maqomini olishga emas, balki foydalanuvchilarga haqiqatan ham kerakli vosita chiqarishga e’tibor qaratmoqda.
LG kompaniyasi 2013 yili egiluvchan POLED-ekranli "LG G Flex" smartfonini bozorga chiqargan edi. Smartfonning o‘zi bukilmasdi, lekin ekran foydalanuvchining telefon suhbati vaqtidagi yuziga mos tarzda egilgan ko‘rinishda edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ishlanma katta egiluvchan displeydan iborat bo‘lib, u smartfonning uch tomonini o‘rab, korpusni to‘liq egallaydi. Ochiq holatida esa smartfon katta bir planshetga aylanib qoladi. Yig‘ilgan holatida esa ekran magnitlar bilan qotirib qo‘yiladi.
Avvalroq sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, LG smartfonining egiluvchan displeyli varianti "Flex", "Foldi" yoki "Duplex" nomini olishi mumkin. Kompaniya bunday smartfon ustida bir necha yildan beri ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda vaziyatdan boxabar manbalarning ta’kidlashicha, LG bu yo‘nalishda birinchi qurilma chiqargan kompaniya maqomini olishga emas, balki foydalanuvchilarga haqiqatan ham kerakli vosita chiqarishga e’tibor qaratmoqda.
LG kompaniyasi 2013 yili egiluvchan POLED-ekranli "LG G Flex" smartfonini bozorga chiqargan edi. Smartfonning o‘zi bukilmasdi, lekin ekran foydalanuvchining telefon suhbati vaqtidagi yuziga mos tarzda egilgan ko‘rinishda edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…