06:00 / 29.11.2018
3 603

Qozog‘istonda "Apple Pay" ishga tushdi

Qozog‘istonda "Apple Pay" ishga tushdi
Qozog‘istonda "Apple Pay" to‘lov tizimi ishga tushdi.

"Apple" tomonidan mobil to‘lovlar uchun ishlab chiqilgan ushbu tizim 2014 yilda ishga tushgan edi. Uning yordamida "Apple" mahsulotlarining egalari NFC (“kontaktsiz yaqin aloqa”) texnologiyasi yordamida xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. To‘lovni tasdiqlash uchun "Touch ID" yoki "Face ID" texnologiyasidan foydalaniladi.

Shuningdek, ushbu tizimdan internetdagi to‘lovlar uchun ham foydalanish mumkin.

“Butun dunyoda mashhur bo‘lgan mazkur to‘lov tizimining Qozog‘istonda paydo bo‘lishi an’anaviy “plastik karta”lardan voz kechish tomon tashlangan yana bir qadamdir. Mijozlarimiz kontaktsiz to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligiga munosib baho bera oladi”, – dedi Qozog‘istondagi Yevrosiyo banki boshqaruvi raisi Pavel Loginov.

“Biz o‘z mijozlarimizga ushbu sodda va qulay kontaktsiz to‘lov vositasini taqdim etishdan mamnunmiz va ekvayring infratuzilmamizni "Apple Pay"ni qabul qilishga tayyor qilib qo‘yganmiz. Qozog‘istonga ushbu texnologiya kirib kelganidan so‘ng endi uydan ko‘chaga chiqayotganda olib chiqish lozim bo‘lgan yagona narsa smartfon bo‘lib qoldi”, – dedi "Halyk Bank" boshqaruvi raisi Umut Shayahmetova.

Qozog‘iston "Apple Pay" to‘lov tizimi ishlashni boshlagan jahondagi 29-mamlakatga, Markaziy Osiyoda esa ilk davlatga aylandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham "Apple Pay", "Samsung Pay" va boshqa kontaktsiz to‘lov tizimlarini tatbiq etish uchun sharoitlarni hozirlash rejalangan. Bu O‘zbekiston prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan. Qarorda belgilangan muddatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda bu texnologiya 2020 yildan avval paydo bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘istonda "Apple Pay" ishga tushdi