O‘zbekistondagi avtomobil transportlarining birida uni o‘g‘rilardan ishonchli himoya qiluvchi uskuna sinovdan o‘tkazilmoqda. Ijobiy natijalardan so‘ng, u O‘zbekistondagi transport vositalarida o‘rnatilish uchun tavsiya etilishi mumkin.
"O‘zbekistonda avtomobil o‘g‘irlanishiga qarshi Rossiyaning "Sokrat" qo‘riqlash agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan bort komplekti mavjud. Avtomobil ushbu moslamaga datchiklar orqali ulanadi. Datchiklar qo‘riqlash xizmati xodimlariga monitoring davomida transport vositasining harakatlanishi, sarflari, ayni vaqtda transport vositasi qayerda harakatlanayotgani, yurg‘izilgan yoki yurg‘izilmagani va, hattoki, eshiklari ochiq-ochiq emasligigacha ko‘rsatib turadi" - dedi Toshkent shahar Qo‘riqlash xizmati vakili Farhod Achilov.
Ta’kidlanishicha, transport vositasi o‘g‘rilar tomonidan ochilgani haqida tashvish xabari kelib tushadigan bo‘lsa, qo‘riqlash xizmati xodimlari avtomobilni shu zahoti to‘xtatishi, eshiklarini bloklashi va mutlaqo harakatdan cheklashi mumkin.
Achilov shuningdek, ushbu uskunani tashqaridan o‘chirib qo‘yadigan "glushitellar" mavjud emasligini qayd etdi.
"Hozirda ushbu moslama transport vositalarining birida sinovdan o‘tkazilmoqda. Tegishli ijobiy ko‘rsatkichlardan so‘ng qo‘riqlash xizmati uni respublikada joriy etish bo‘yicha ishlarni boshlab yuboradi", - dedi qo‘riqlash xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston IIV ikki yildan beri avtomobil o‘g‘irligiga chek qo‘yadigan uskunani joriy qilish va’dasini berib keladi. Xususan, 2017 yilning may oyida Toshkent militsiyasi o‘zi ishlab chiqargan, masofadan boshqariladigan elektron tizimni ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida ommaga e’lon qilgan bo‘lib, ushbu loyiha 2018 yildan amalga oshirilishi kerak edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?