Buyuk Britaniyaning Lids universiteti tadqiqotchilari beqiyos auksetik tarkibga ega yangi materialni sintez qildi. Material cho‘zilgani sari qalinlashadi. Mushuk terisi, odam organizmidagi paylar tabiiy auksetiklar hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida bu turdagi material birinchi marta yaratildi.
Yangi sintetik material molekulyar darajada auksetik hisoblanadi. Bu esa materialni tayyorlash juda qiyin ekanligini anglatadi, ishlab chiqarish jarayonidan oldin esa qo‘shimcha tadqiqotlar talab qilinadi. Auksetiklar energiyani juda yaxshi yutadi va yuqori mustahkamlikka ega. Kelajakda materialdan zirhli jiletlar, binolarda ushlab turuvchi konstruksiyalar va tibbiy qurilmalar tayyorlash mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi