Gadjetlar unumdorligini taqqoslovchi AnTuTu kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlovchi, 2018 yilning eng ommaviy smartfonlarini ma’lum qildi. Reyting kompaniya saytida e’lon qilingan.
Reytingning eng yuqori o‘rnini Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfoni egallagan. Uning reytingi 97 foizni tashkil qilgan. Ekspertlar 2-o‘ringa Samsung Galaxy S9+’ni, 3-o‘ringa Meizu 16th’ni qo‘yishgan. Bu smartfonlar reytingi 96 foizni tashkil qilgan.
Huawei Mate 10 Pro, Oppo Find X va Meizu 16th Plus smartfonlari 95 foizlik reyting bilan 4-6-o‘rinlarni bo‘lishgan. 7-o‘ringa OnePlus 6, 8-o‘ringa Huawei Mate 10, 9-o‘ringa esa oldinga surilib chiquvchi old kameraga ega Vivo NEX Ultimate qo‘yilgan.
Yetakchi o‘ntalikning so‘nggi o‘rnini Samsung’ning yana bir qurilmasi – Galaxy S8+ egallagan.
Reyting yetakchisi Mi 8 Explorer Edition yuzning 3D-skaneri va ekran ostiga joylashtirilgan barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Biroq 3D-skaner yevropalik ko‘rinishga ega odamlar yuzini taniy olmaydi, ammo buni mintaqani Xitoyga o‘zgartirib tuzatish mumkin. Shuningdek, smartfonning orqa panelida smartfon ichidagi butlovchi qismlar, jumladan Snapdragon 845 protsessori surati tushirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!