
"SpaceX", "Google" kabi yirik korporatsiyalar dunyoning istalgan nuqtasidan internetga kirish imkoniyatini beruvchi global tarmoq texnologiyasi ishlab chiqilishi haqida bir necha bor xabar bergan edi. Endi korporatsiyalarning jahon tarmog‘ini yaratish borasidagi poygasiga Xitoyning "Link Sure Network" kompaniyasi ham qo‘shildi. Ularning mutaxassislari 2026 yildayoq jahonning har qanday burchagidan yuqori tezlikdagi internetga bepul ulanish imkoniyatini taqdim etadi.
"LinkSure Network" kompaniyasi jahon internet tarmog‘ini yaratish maqsadida orbitaga 272 ta sun’iy yo‘ldoshni chiqarishni rejalashtirgan. Yaqinda bergan intervyuda "LinkSure Network" matbuot xizmati har bir odamga bepul internetdan foydalanish imkoniyatini berish orqali “raqamli tengsizlik”ning oldini olish ularning asosiy maqsadi ekanligini ma’lum qilgan.
Loyihani amalga oshirishni "LinkSure Network" kompaniyasi "LinkSwarm" sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqarishdan boshlaydi. Ularning dastlabkisi 2019 yildayoq, keyingi o‘nlab yo‘ldoshlar esa 2020 yilga yaqin chiqariladi.
Ushbu loyihaga qariyb 590 mln dollar mablag‘ ajratilgan, biroq ijrochi direktorning aytishicha, internet bepul bo‘lishiga qaramasdan loyiha xarajatlari hamkorlik bitimlari va aksiyalar orqali qoplanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar