Beeline abonentlari yangi yil viktorinasida iPhone 6S va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olishlari mumkin

Beeline Smile Mobile kontent-provayderi bilan birgalikda maxsus yangi yil viktorinasi boshlangani haqida xabar beradi. G‘oliblar iPhone 6S va boshqa qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ladilar. Viktorina 1 dekabrdan 10 yanvarga qadar davom etadi.
Viktorinada ishtirok etish uchun 7979 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish, “Qiziqarli” ovozli-ko‘ngil-ochar portaliga tashif buyurib, Beeline abonentlari uchun viktorina bo‘limiga 5 raqamini bosib o‘tib, savollarga javob bera boshlash lozim. Viktorinaning har bir ishtirokchisiga bir kun davomida 10 savol veriladi. Har bir to‘gri javob uchun 1 ball beriladi. Viktorinaning har bir ishtirokchisi uchun beriladigan savollar miqdori – 300. Viktorina bo‘limidagi 2-sonda ishtirokchilarning taqqosiy reytingi bilan tanishish mumkin.
Viktorinadagi ishtiroki mabaynida eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar Smile Mobile tarafidan quyidagi sovrinlarga ega bo‘ladilar:
– I o‘rin – iPhone 6S;
– II o‘rin – 32 Gb USB flesh to‘plagich + tashrifnoma uchun quti
– III o‘rin – 16 Gb USB flesh to‘plagich
Viktorinaning eng faol ishtirokchisiga Smile Mobile tomonidan maxsus sovrin beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing