Abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha ko‘chma aksiyalar davom ettirilmoqda, deb xabar berdi «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati.
O‘tgan dam olish kunlari poytaxtimizning bir necha tumanlari mahallalarida «O‘zbektelekom» AK ko‘chma sotuvlar va xizmatlar ofislari ishi tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK filiallari xodimlari abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha aksiyani musiqa va animatorlar bilan yorqin bayram tadbiri sifatida tashkil etishdi.
Erta tongdan aksiya tadbirlari Toshkent shahrining Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroy, Yashnabod tumanlarida o‘tkazildi.
Abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha bunday ko‘chma aksiyalar viloyatlarda ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, shu kunlarda aksiya Guliston va Farg‘onada o‘tkazildi. Ko‘chma aksiyalar geografiyasi va soni doimiy ravishda kengayib bormoqda.
Mazkur tumanlar aholisi kompaniya xizmatlari bilan tanishishlari va shu yerning o‘zida shartnoma tuzishlari uchun o‘z xonadonlaridan hovliga chiqishlarining o‘zi yetarli bo‘ldi.
Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK tomonidan yuqori tezlikdagi internetga – optik aloqa liniyalari orqali 95 foiz chegirma bilan ulanishda yangi abonent qurilmasini taqdim etish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, «O‘zbektelekom» AK yangi uy egalari uchun ko‘chma sotuvlar va ulanish ofislarini tashkil etmoqda. Bu xonadon egalari shundoqqina hovliga chiqib, shartnoma tuzishlari, xizmatlar to‘lovini amalga oshirishlari, aksiya bo‘yicha chegirma bilan abonent qurilmasiga ega bo‘lishlari va shu yerning o‘zida xizmatlarga ulanishlari uchun juda qulay imkoniyat. Hech qayerga borishning xojati yo‘q.
«O‘zbektelekom» mamlakatimiz bo‘ylab, har bir mahalla, har bir uyga tashrif buyurishga harakat qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi