
“Kalashnikov” konserni tomonidan yaratilgan yangi kamikadze-droni qurollanishda revolyutsiyaga olib kelishi mumkin, deb yozadi Sputnik nashri.
Kalashnikov tomonidan bir vaqtlar yaratilgan afsonaviy AK-47 avtomati dunyoni o‘zgartirib yuborgan edi. Endi bo‘lsa Kalashnikov murakkab texnologiyalarni soddalashtirib, o‘ta aniq zarba beruvchi va bir vaqtning o‘zida o‘ta arzon va oddiy dron yaratdi”, - deb yozadi Vashington post.
Amerikalik jurnalistlar “Kalashnikov” konserni tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu “KUB-BLA” (KUB-UAV) droni bilan Abu Dabida bo‘lib o‘tgan qurol-yarog‘ ko‘rgazmasida tanishishga muvaffaq bo‘lishgan.
Konsern saytida xabar qilinishiga ko‘ra “KUB-BLA” – bu kichik va arzon “raketa” vazifasini o‘tashi mumkin. U 3 kilogrammgacha bo‘lgan portlovchi moddalarni 60 km masofaga “yetkazib berishi” mumkin. Nishon koordinatalarga muvofiq yoki sputnik fotosuratiga asosan belgilanishi mumkin.
Kamikadze-dronni uchirish va boshqarish juda oddiy. U 5 km balandlikda yoki yer yuziga yaqin uchishi mumkin. Maksimal tezligi soatiga 130 km. Kalashnikov konserni xabariga ko‘ra “KUB-BLA” nomli ushbu dron ayni damda barcha sinovlardan o‘tgan.
Quyidagi havola orqali mazkur dronning harakatlanishi aks etgan lavhani ko‘rishingiz mumkin: VIDEO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar