12:47 / 07.03.2019
8 487

Xitoyda dunyodagi eng tez ishlovchi smartfon ishlab chiqarildi (foto, video)

Xitoyda dunyodagi eng tez ishlovchi smartfon ishlab chiqarildi (foto, video)
Iqoo subbrendiga egalik qiluvchi Vivo kompaniyasi sotuvga Iqoo Monster deb nomlangan yangi smartfonni chiqardi. Bu smartfon mobil qurilmalar unumdorligini baholovchi AnTuTu saytida rekord miqdordagi 407 ming ball toʻpladi.

Qurilma AnTuTuʻning 1-oʻrinni Xiaomi Mi9 egallagan fevraldagi reytingiga kiritilmagan, chunki u mart oyida anons qilingan. Koʻrinishicha, yangi qurilma mart oyida roʻyxatga yetakchilik qiladi.

Foto: Richard Lai/Engadget
Iqoo Monster smartfoni Snapdragon 855 protsessorida ishlab, maksimal versiyasida 12 Gb tezkor xotira va 256 Gb ichki xotiraga ega, NFC chipi va 4000 mA-soatlik akkumulyator, 6,41 dyuymli ekran bilan jihozlangan.

Smartfon dizaynidagi oʻziga xos jihati orqa tomoni boʻylab ketgan yorugʻlik-diodli chizigʻi hisoblanadi.

Foto: Richard Lai/Engadget
Maʼlum qilinishicha, smartfon tezkor quvvatlagich evaziga 45 daqiqada toʻliq quvvatlanishi mumkin. Smartfonning uchlangan kamerasi suratga olish sifati 13 Mpni tashkil qiladi.

Qurilmaning eng minimal koʻrsatkichlarga ega versiyasi narxi Xitoyda 2999 yuanni (455 dollar atrofida) tashkil qiladi. Eng maksimal versiyasiga esa 4299 yuan (650 dollar) toʻlashga toʻgʻri keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda dunyodagi eng tez ishlovchi smartfon ishlab chiqarildi (foto, video)