11:34 / 30.03.2019
5 022

Uzcard va Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimi oʻrtasidagi hamkorlikdan soʻng qanday imkoniyatlar yaratiladi?

Uzcard va Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimi oʻrtasidagi hamkorlikdan soʻng qanday imkoniyatlar yaratiladi?
Kelishuv “Mir” kartalarining Uzcard toʻlov tizimi infratuzilmasida qabul qilinishini koʻzda tutadi. Integratsiya jarayoni 2019 yil oxirigacha amalga oshiriladi.

Joriy yilning 28 mart kuni MDH ishtirokchi-davlatlarining Xalqaro moliya-iqtisod forumi doirasida Uzcard va “Mir” toʻlov tizimlarining integratsiyalashuvi eʼlon qilindi. Tadbirda Rossiyaning “Toʻlov kartalari milliy tizimi”ning (TKMT) boshqaruv jamoasi, jumladan, TKMTning Bosh direktori (“Mir” toʻlov tizimi operatori) Vladimir Komlev ishtirok etdi. Tadbir davomida Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YAUPM) va TKMT oʻrtasida “Mir” milliy toʻlov tizimi kartalari ekvayringini yaryataish va Uzcard-“Mir” kobeydjing kartalarini muomalaga chiqarish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Bugungi kunga kelib, “Mir” plastik kartalarining soni 55 mlndan ortigʻini tashkil etadi va ularga Rossiyaning Toʻlov kartalari milliy tizimi tomonidan operatorlik xizmatlari koʻrsatilib kelinmoqda. Hozirda “Mir”-Maestro, “Mir”-JCB i “Mir”-UnionPay kabi yirik xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlikda kobeydjing kartalari muomalaga chiqarilgan, endilikda ularning safiga Uzcard banklararo toʻlov tizimi ham qoʻshildi.

“Bugungi kunni tom maʼnoda tarixiy, deb atash mumkin. Yil davomida mutaxassislarimiz tomonidan samarali ishlar amalga oshirildi, jumladan, karta egalarimizningt Rossiya Federatsiyasi hududida oʻz mablagʻlaridan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatimizni ishga soldik. Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimi Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston kabi mamlakatlarida amal qiladi. Endilikda, qariyb 18 millionga teng Uzcard karta egalarida ham qoʻshimcha imkoniyatlar paydo boʻladi. Ular Uzcard-“Mir” kobeydjing kartalariga ega boʻlib, “Mir” kartalari amal qiluvchi hududlarda ularni ishlatishlari mumkin boʻladi. Ayni imkoniyat tez orada Rossiyada ham joriy etiladi. Jumladan, “Mir” kartalari egalari Oʻzbekiston hududida oʻz kartalaridan foydalanishlari mumkin boʻladi. Bu juda muhim qadam”, - deydi YAUPM Bosh direktori Ahror Mahmudov.

“Mir” toʻlov tizimi bilan hamkorlikda kobeydjing kartalarining chiqarilishi sayyohlar va mahalliy savdo hududlari egalariga muhim qulayliklarni yaratadi, shuningdek, koʻp sonli sayyohlar oqimini inobatga olsak, Oʻzbekistondagi turistik muhitni yanada yaxshilaydi.

“Oʻzbekiston va Rossiyani azaldan iqtisodiy va siyosiy aloqalar bogʻlab turadi. Moliyachi sifatida aytishim mumkinki, ikkala Davlat fuqarolari mamlakatlarimizga safarga kelganlarida, oʻzlari uchun odatiy sanalgan toʻlov vositalaridan qiyinchiliklarsiz foydalanishlari biz uchun muhim omil hisoblanadi. Bu nafaqat Rossiyaning “Mir” va Oʻzbekistonning Uzcard tizimlari kelishuvi doirasidagina, balki MDH davlatlari oʻrtasida uzluksiz toʻlov muhitining hosil qilinishi darajasida shakllanishi demakdir. Uzcard hamkorligidagi integratsiya qilish jarayoni 2017 yilda boshlanib, 2018 yilda ham davom etdi. Umid qilamanki, 2019 yilda tizimlarimizni toʻliq integratsiya qilishga erishamiz. Bugun imzolangan bitim xalqaro hamkorlik yoʻlida muhim qadam”, - deydi Rossiyaning “Toʻlov kartalarining milliy tizimi” AJ (“Mir” toʻlov tizimi) Boshqaruv Raisi, Bosh direktori Komlev Vladimir.

Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy forum mutaxassislar uchun tajriba almashinuvi, muhokamalar oʻtkazilishi, alohida sohalarning vakillari hamda moliya bozorining turli sektorlari aʼzolari oʻrtasida manfaatli uchrashuvlar tashkil qilishning oʻziga xos ishbilarmonlik maydonchasi boʻldi.

Hozirda Uzcard banklararo toʻlov tizimi Oʻzbekiston banklar Assotsiatsiyasi, Markaziy Bank, Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi, Oʻzbekiston Respublikasining 29 ta banki va 40 ta toʻlov agregatlarini birlashtiradi. Tizim havfsizligi toʻliq maxfiylik siyosatiga amal qilinishi bilan mustahkamlanadi va shartnoma, shuningdek, Oʻzbekiston Qonunchiligi bilan kafolatlanadi.

2019 yildagi hisobotga binoan, provayderlik vazifasini bajaruvchi Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi Oʻzbekiston boʻylab 17 milliondan ortiq plastik kartalarga xizmat koʻrsatmoqda. Uzcard kartalari foydalanuvchilari 250 000 dan ortiq terminallar orqali tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Xizmatlar 1000 dan ortiq banklar va 3000 ta infokiosklar, mobil ilovalar va internet saytlari orqali koʻrsatiladi.

2018 yilda Markaz mutaxassislari tomonidan Uzcard plastik kartalari va xalqaro qartalari yordamida amaldagi POS-terminal, infokiosklar orqali tranzaksiyalarni amalga oshrishga imkon yaratuvchi “Xalqaro toʻlov tizimi” nomli dastur ishlab chiqildi. Ushbu imkoniyat xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlik qilishga qulay sharoit yaratib berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uzcard va Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimi oʻrtasidagi hamkorlikdan soʻng qanday imkoniyatlar yaratiladi?