Business Insider nashri ayni vaqtda sotuvda bo‘lgan eng yaxshi 20 ta smartfondan iborat reytingni tuzdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.
Reytingning eng yuqori pog‘onasini OnePlus 6T smartfoni egalladi. Ta’kidlanishicha, ushbu gadjet simsiz quvvatlagich yoki suv o‘tkazmaslik kabi eng zamonaviy opsiyalar to‘plamiga ega bo‘lmasa-da, narxi va funksiyalari hisobiga 1-o‘rinni munosib egallagan.
2-o‘ringa Samsung Galaxy S10e loyiq topildi. Ushbu qurilma “ajoyib” ekran, a’lo darajadagi kamera hamda hamyonbop narxga ega.
3-o‘rinni iPhone XR, 4- va 5-o‘rinlarni Samsung’ning Galaxy S10 Plus va S10 modellari egallagan.
Shuningdek, yuqori o‘ntalikka Google Pixel 3 va Pixel 3 XL, Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS va iPhone XS Max, Samsung Galaxy S9 Plus va iPhone X kiritilgan.
11-20-o‘rinlarni iPhone 8 Plus, Samsung Galaxy S9, Huawei Mate 20 Pro, iPhone 8, Razer Phone 2, LG V40, Apple iPhone 7 va 7 Plus, Moto G7, LG G8 va BlackBerry Key2 modellari egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi