Tesla kompaniyasi Shanxaydagi yer osti avtoturargohlaridan birida o‘z mashinasining portlashi tafsilotlarini aniqlash uchun Xitoyga o‘z mutaxassislarini jo‘natdi.
Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 21 aprelda avtoturargohda turgan mashinaning portlashi videosi joylashtirilgan. Videoda mashina tagidan oq tutun chiqayotgani va bir necha soniyadan keyin u portlab ketgani hamda yonida turgan mashinaga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin.
Video muallifining ta’kidlashicha, portlagan mashina birinchi avloddagi Tesla Model S bo‘lgan.
Good or bad, negative or positive I will post anything about Tesla or EVs in China. This happened today in Shanghai, China ???????? 1st generation Tesla Model S caught Fire ???? underground car park.#Tesla #TeslaChina #ModelS #Fire #China #Shanghai #特斯拉 #中国 $TSLA pic.twitter.com/HOwMcvulV1
— Jay in Shanghai (@ShanghaiJayin) April 21, 2019
“Shanxaydagi voqea haqida ma’lumot olganimizdan keyin voqea joyiga jamoamizni yubordik”, deyilgan kompaniyaning Weibo’dagi rasmiy sahifasida.
Kompaniyaning xabar qilishicha, ayni vaqtda tegishli idoralar bilan aloqa o‘rnatilmoqda va voqea tafsilotlarini o‘rnatishda ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
“Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan”, deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi