Kaliforniya universiteti olimlari San-Fransiskoda o‘ziga xos miya implantanini taqdim qilishdi. Science News xabariga ko‘ra bu moslama miya aktivligini hisobga olgan holda fikrlarni jumlalar bilan ovozli tarzda ifodalaydi.
Ixtirochilar besh kishining so‘zlashuv davrida ovoz paychalari harakati, miya faollashuvini kuzatib, maxsus elektrodlar ishlab chiqdilar. Keyinchalik implantantlar yordamida jag‘, til, lablar harakatlariga muvofiqlashtirildi va bu harakatlarning miyadagi o‘zgarishlarga mosligi tekshirildi. Shundan so‘ng har bir kishi so‘zlashuvining virtual modeli yaratildi.
Insonning so‘zlash jarayonidagi miya faoliyati modeli yaratilganidan so‘nggina fikrlashni o‘qish sinab ko‘rildi va miya faolligi ovozlarga aylantirildi. Kuzatuvchilarning ma’lum qilishicha, chiqqan ovozlarning taxminan 70 foizi tushunarli bo‘lgan.
Olimlar shu bilan birga bu ixtironing keng omma orasida qo‘llashga hali ertaligi, xususan og‘ir kasalliklar, masalan insult tufayli gapira olmaydigan yoki ovoz paychalari zararlanganlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmasligini bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi