00:19 / 01.05.2019
3 297

Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun vertikal video joriy etdi

Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun vertikal video joriy etdi
Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun videokontentning yangi formati - vertikal roliklar joriy etdi. Endi mualliflar, OAV va reklama beruvchilar portret rejimida olingan videolavhalarni eʼlon qilishi mumkin boʻlib, ular foydalanuvchilar tasmasida vertikal tarzda, yonlaridagi qora hoshiyalarsiz aks ettiriladi. Ushbu yangi formatdan myTarget reklama platformasining barcha mijozlari foydalanishi mumkin.

Xalqaro tadqiqotlar maʼlumotlariga koʻra, iPhone foydalanuvchilari smartfonlarni 97 foiz holatda, Android tizimida ishlovchi smartfon foydalanuvchilari oʻz smartfonlarini 89 foiz holatda, shu jumladan videoga olish va uni tomosha qilishda vertikal tarzda ushlaydilar.
Vertikal videolavhalar mobil moslamalar ekranida koʻproq joy egallaydi, shuningdek ular orqali videokontent foydalanuvchilar tasmasida koʻproq sezilarli va tomosha qilish uchun qulay boʻladi. Natija sifatida video mualliflari va reklama beruvchilar foydalanuvchilardan koʻproq qayta aloqaga ega boʻladilar.

MediaBrix (joriy nomi — Receptiv) mobil reklamasini sotish boʻyicha platforma tadqiqotlari maʼlumotlariga koʻra, vertikal videolardan foydalangan holda amalga oshirilgan reklama kampaniyasi tomosha qilish vaqtini koʻpaytirishga olib keladi: gorizontal videolarni tomosha qilishda davom etish darajasi 14 foizni, vertikal videolarni tomosha qilishda davom etish darajasi esa 90 foizni tashkil etadi.
“Vezyot” taksi buyurish federal xizmati birinchilardan boʻlib OKdagi reklama kampaniyalarida vertikal videolar samaradorligini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi. “Vezyot” OKda ikkita bir xil videoroliklar bilan reklama kampaniyasini boshlab yubordi: biri vertikal, ikkinchisi gorizontal formatda boʻldi. Konversiya koʻrsatkichlari vertikal formatda yuqori boʻldi.

Sergey Milyayev, “Vezyot” xizmati digital-marketing yoʻnalishi rahbari:

Birinchi sinov koʻrsatishicha, gorizontal videolardan farqli ravishda vertikal holatdagi videolar koʻproq tanlanadi. Bizning birinchi sinov kampaniyamiz boʻyicha vertikal videoga oid oʻrtacha CTR 0,71 foizni tashkil etdi. Buning sababi qisman formatning yangiligidadir: foydalanuvchilar oʻz ekranlarida bu kabi videoni birinchi marta koʻrib, ular albatta bunga qiziqish bildirdilar. Bunda biz iOS va Android moslamalaridagi koʻrsatkichlarda sezilarli farq koʻrmoqdamiz: iOS da CTR 5 baravar yuqori boʻldi, biroq, tomosha qilishda davom etish ulushi, aksincha, Android foydalanuvchilarida yuqori boʻldi - foydalanuvchilarning 7 foizi rolikning yarimdan koʻpini tomosha qilishda davom etdi.

Semen Boyarskiy, Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi strategik mahsulotlarini rivojlantirish boʻyicha direktor:

Biz butun jahon boʻyicha reklama beruvchilar tomonidan portret formatiga ortib borayotgan qiziqishni koʻrmoqdamiz. “Vezyot” taksi buyurish xizmati bilan olib borilgan tajriba shuni koʻsatmoqdaki, OK mobil tasmasida vertikal videolarni joylashtirish orqali yanada yuqori CTR va yaxshiroq konversiyalarga erishilmoqda, chunki mazkur format koʻproq axborot yetkazish imkonini bermoqda va tasmada yanada jozibador koʻrinmoqda. Oʻylaymizki, Rossiya bozori global oʻyinchilardan tashabbusni tezkor ravishda oʻz ixtiyoriga oladi va biz yangi reklama kampaniyalarini vertikal formatda koʻrishga muvaffaq boʻlamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun vertikal video joriy etdi