Tim Berners-Li internet yaratilganining 30 yilligiga atab ochiq xat e’lon qildi. U tarmoqning imkoniyatlarini suiiste’mol qilish xavfi haqida so‘z yuritdi va uni yaxshilash ustida ishlashga chaqirdi.
World Wide Web Foundation tashkiloti saytida nashr qilingan maqolada Berners-Li global tarmoq odamlar hayotini qulayroq qilgani, biroq shunda ham uning imkoniyatlarini suiiste’mol qilish xavfi mavjudligini aytdi.
Bugun internetdan kelib chiqib, yechish kerak bo‘lgan asosiy xavflar sifatida Berners-Li quyidagilarni sanab o‘tdi:
- davlatlar tomonidan homiylashtirilgan xakerlar hujumi kabi qasddan qilingan harakatlar va internetdagi jinoyat;
- qalbaki rag‘batni yaratuvchi, klikbeyt va yolg‘on xabar tarqatilishini qo‘llab-quvvatlovchi platformalar;
- ijobiy maqsadlarni ko‘zlab yaratilgan platformalarda onlayn-muloqot vaqtida madaniyatning pasayishi kabi kutilmagan salbiy oqibatlarning yuzaga kelishi.
Internet asoschisi bu muammolarni yangi qonunlarni yaratish, tarmoq foydalanuvchilari uchun rag‘batni o‘zgartirish, shuningdek mavjud platformalarni ko‘zdan kechirish va yangilarini yaratish orqali hal etishga chaqirdi.
«Hukumat, tarmoq va birgina odamning o‘zinigina ayblay olmaysiz. Soddalashtirilgan yondashuv quvvatimizni yeb bitiradi, chunki biz muammolarning sababiga diqqatni qaratish o‘rniga uning belgilari bilan kurashyapmiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun esa global veb-hamjamiyatiga birlashishimiz lozim», - deya undamoqda Berners-Li. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”