06:34 / 07.06.2019
3 397

Yuzni tanib olish – hushyorlikmi yo xufiya? (video)

Yuzni tanib olish – hushyorlikmi yo xufiya? (video)
Britaniyada politsiyaning yuzni avtomatik tanib olish texnologiyasidan foydalanishiga qarshi birinchi mahkama jarayoni boshlangan.

Kardiff shahri yashovchisining aytishicha, politsiya kameralari o‘tgan-ketgan hammaning yuzini suratga olish bilan shaxsiy hayotga daxl qilayotgan ekan.

Politsiya esa qonunni buzmayotganini aytadi.
O‘zbekistonda ham yuzni tanib olish texnologiyasidan foydalanish allaqachon boshlangan.

2017 yilning noyabrida Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi o‘nlab xodimlarga yuzni tanib olish va barmoq izini aniqlash dasturiga ega bo‘lgan planshetlar berilganini ma’lum qilgan edi.

Qanday ishlaydi?

Kameralar o‘tib borayotgan har bir yo‘lovchi yuzining biometrik xaritasini suratga muhrlaydi.
O‘sha shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan belgilar keyin qidiruvdagi shaxslar bilan solishtiriladi.

2017 yilda xuddi shu kameralarda kardifflik Ed Brijsning suratini olishgan.

"Men yegulik olish va u-bu narsa xarid qilish uchun ishxonamdan chiqqandim. Kardiffdagi do‘konlar joylashgan ko‘chada politsiya mashinasini ko‘rib qoldim. Mashinadagi "yuzni avtomatik tanib olish texnologiyasi" degan yozuvni ko‘rib ulgurgunimcha kameralar meni suratga olib bo‘lgan edi. Men buni shaxsiy hayotimga misli ko‘rilmagan darajada daxl qilish deb hisoblayman", – deydi u.

Bu har kuni o‘zining tashvishi bilan band minglab odamlarning o‘zlari bexabar va roziligisiz biometrik ma’lumotlari olinadi degani.
Ammo hozirga qadar politsiyaning bu ma’lumotlardan qanday foydalanishini tartibga soluvchi qonun yo‘q.

Shaxsiy hayot daxlsizligi

Britaniyadagi "Liberty" guruhi advokatlariga ko‘ra, bu – odamlarning xabarisiz ularning DNK yoki barmoq izlarini olish bilan barobar.
Ammo xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar bu fikrga qo‘shilmaydi.

Ularning fikricha, politsiyaning zaxiralari kam, jinoyatchilik esa ko‘payib bormoqda, terrorizm xavfi katta.
Shuning uchun ham politsiyaga bu usuldan foydalanishiga izn berilishi kerak deyishadi ular.

Bi-bi-si muxbirining fikricha, Britaniyada boshlangan mahkamada hozir Ichki ishlar vazirligi va parlamentga hisobot beruvchi mustaqil axborot vakili idorasi ham jalb etilgan.

Mahkama qarori bu tizimdan qachon va qanchalik foydalanish mumkinligi borasida muhim yo‘riqnoma bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yuzni tanib olish – hushyorlikmi yo xufiya? (video)