O‘zbekiston Qurolli kuchlari Rossiyaning ko‘p maqsadli "Tigr" zirhlangan avtomobillari partiyasini sotib oldi. Bu haqda "Armiya-2019" beshinchi xalqaro harbiy-texnik forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakilining so‘zlariga asoslanib TASSga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bir necha o‘nta" maxsus komplektatsiyadagi VPK-233136 "Tigr" zirhlangan mashinalari sotib olingan.
"Avtomobillar O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining talabi bo‘yicha takomillashtirildi. Xususan, zirhlangan korpus qo‘shimcha eshiklar bilan jihozlandi, barcha oynalarga himoya panjaralari qo‘yildi, tom qismiga esa infraqizil projektor va old va orqa lyuklar perimetri bo‘yicha merganni himoya qiluvchi yig‘ma zirh o‘rnatildi", – dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu "Tigr"lar 7,62 millimetr kalibrli PKM pulemyotlari bilan jihozlangan.
"Bu "Tigr"lar o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Mashina maxsus bo‘linma oldiga qo‘yilgan barcha topshiriqlarni bajara oladi va tom ma’noda ular uchun uy sifatida xizmat qilishi mumkin. Har qanday zirhlangan avtomobil ham bunga qodir emas", - deb ta’kidlagan manba. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda