Smartfonlar miya kasalliklariga olib kelishi-kelmasligi hali oxirigacha noma’lum. Biroq shunisi ma’lumki, mobil qurilmalar bakteriyalar, viruslar, zamburug‘ va boshqa zararli mikroorganizmlar o‘chog‘i hisoblanadi.
Smartfonlar unitaz o‘rindig‘idan ham iflosroq bo‘lishi haqida mikrobiologlar bir necha yil avvaloq ogohlantirishgan. Endi esa smartfonlarning o‘zida infeksiyalarni yig‘ishi bilan bog‘liq yangi xavf aniqlandi.
Gap shundaki, shifokorlar tomonidan tibbiyot muassasalarida qo‘llanuvchi smartfonlar o‘zida kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroflorani to‘playdi. San-Paulu G‘arbiy universitetida (Braziliya) o‘tkazilgan tadqiqot mobil qurilmalarda aniqlangan bakteriyalarning 85 foizi penitsillin antibiotikiga chidamli ekanini, 50 foizi esa yuqori adgeziya, ya’ni yuzalarga yopishib olish qobiliyatini namoyish qilgan.
Tadqiqot davomida tibbiyot kurslari – stomatologiya, biomeditsina, hamshiralik ishi talabalari smartfonlarining patogen florasi o‘rganilgan. Ulardan hamshiralarning smartfonlarida eng ko‘p bakteriyalar aniqlangan.
“Uyali telefonlarning shifoxonalar va tibbiyot muassasalarida keng qo‘llanishi shifoxona ichidagi infeksiyalarning ayniqsa yuqori gigiyena standartlari amal qilinishi kerak bo‘lgan joylarda, masalan, operatsiya xonalarida tarqalishi bilan bog‘liq jiddiy xavotir uyg‘otadi”, deb aytgan universitet professori Lizzian Kretli.
Uning aytishicha, tibbiy xodimlarga aloqada qolish va ma’lumot izlashda yordam beruvchi smartfonlar shu bilan birga bemorlarga yuqishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar uchun rezervuar bo‘lib xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi