Markaziy Osiyo davlatlari Istanbulda o‘tkazilgan Energetika islohotlari bo‘yicha ikkinchi konferensiya yakunida energetika sohasi islohotlari bo‘yicha hamkorlik qilish hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratishga kelishib oldilar.
Energetika islohotlari bo‘yicha Markaziy Osiyo ikkinchi konferensiyasi joriy yilning 4 iyul kuni Istanbul shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Turkiya Energetika vazirligi ko‘magida o‘tkazildi. Konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston energetika vazirliklari hamda davlat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir ochilish marosimida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi bosh direktori Mitxat Jonsiz, O‘zbekiston Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev so‘zga chiqdilar.
O‘zbekiston Energetika vaziri o‘rinbosari o‘z so‘zida elektr energiyasi mintaqaviy birjasini tashkil etishni taklif qildi. Mazkur tashabbus konferensiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi ushbu tashabbusni amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda yordam berishga, o‘z navbatida OTB ham ushbu masalada mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Tadbir doirasida mintaqa davlatlari energiya tizimini integratsiya qilish, shuningdek bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Konferensiya yakuni bo‘yicha energetika sohasi islohotlari bo‘yicha hamkorlik qilish hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratish xususida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Energetika islohotlari bo‘yicha Markaziy Osiyo birinchi konferensiyasi O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan OTB ko‘magida 2018 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi