Microsoft kompaniyasi Bing qidiruv tizimi logotipini yangiladi

Microsoft kompaniyasi shaxsiy qidiruv tizimi Bing’ning logotipi dizaynini yana o‘zgartirdi. Bu haqda Ad Age'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Kompaniya logotipi so‘nggi marta 2013 yilda o‘zgartirgan edi. O‘sha vaqtda u b harfi ostiga yashiringan uchayotgan qush va yorqin sariq rang ko‘rinishiga ega bo‘lgan edi. Bing’ning yangi logotipi yashil rangga o‘zgartirildi va katta harf B bilan yozildi. Yashil rang sariq rangga nisbatan qabul qilinishi oson, deya izohlamoqda Microsoft kompaniyasi rang o‘zgarish sababini izohlab.
Bing mashhurlik borasida Google’dan ortda bo‘lishiga qarmay, Microsoft qidiruv tizimi daromad keltirgani ma’lum qilingan. Kompaniya vakillari fikrlariga ko‘ra, Bing qidiruv tizimlari orasida barqaror o‘sishni namoyon etayotgan sanoqli tizimlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2019 yilga kelib, Microsoft kompaniyasi Bing’ning 1 milliard nafar doimiy foydalanuvchilari bo‘ladi degan fikrdalar.
Avvalroq Microsoft pochta foydalanuvchilariga hukumat tomonidan akkauntni buzish harakatlari to‘g‘risida xabar berishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing