10:38 / 11.07.2019
3 591

Smartfoningiz Android'da ishlaydimi? Extiyot bo‘ling — virus

Smartfoningiz Android'da ishlaydimi? Extiyot bo‘ling — virus
Foto: «Gettyimages»
Check Point kompaniyasi xodimlari butun dunyo bo‘ylab Android'da ishlaydigan 25 million smartfonni zararlagan virusni aniqladi.

Ushbu virusga «Agent Smit», degan nom berilgan. U tizim himoyasidagi ojiz nuqtalarni topadi va avval o‘rnatilgan ilovalarni virus bilan zararlanganiga almashtiradi. Bu jarayonni smartfon egasi sezmay qoladi.

Hozircha xakerlar ushbu virusdan reklama e’lonlarini berib borishda foydalanmoqda. Ammo mutaxassislarning aniqlashicha, xakerlar undan telefon egasi so‘zlashuvlarini eshitish va hatto ma’lumotlarni o‘g‘irlashda foydalanishi mumkin.

Ushbu virus 9Apps deb nomlanuvchi norasmiy ilovalar do‘konidan tarqagan. Aziyat chekkanlarning aksariyati Hindistondan bo‘lib, shuningdek AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyadan ham jabrlanganlar yetarlicha.

Aniqlanishicha, xakerlar avvaliga rus, hind va arab tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilarning smartfonlarini egallashni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfoningiz Android'da ishlaydimi? Extiyot bo‘ling — virus